14 Iyul 2022
2021
Merganlarimiz Jahon kubogida sovrindor bo‘lishdi
Janubiy Koreyaning Changvon shahrida o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 43 mamlakatdan tashrif buyurgan 450 dan ortiq eng yaxshi merganlar g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda.
Quvonarlisi, 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha sportchilarimiz bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Ushbu bellashuvlarda quyidagi vakillarimiz yurtimiz sharafini himoya qildilar:
Muhammad Kamolov
Vladimir Svechnikov
Veniamin Nikitin
Musobaqa doirasida 16 iyul kuni Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Muxtasar Tohirova kichik kalibrli miltiqdan 50 metr masofaga o‘q otish bo‘yicha o‘z omadini sinab ko‘radi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi!