FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
14 Iyul 2022 2268

Gulnora Oripovani tabriklaymiz!

Bugun kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Gulnora Oripova tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Gulnora Oripova 1963 yil 14 iyul kuni Toshkent viloyatida dunyoga kelgan. O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagach, bir muddat ushbu institutning o‘zida ilmiy xodim, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasida faoliyat olib bordi. Shundan so‘ng uzoq muddat Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida murabbiy bo‘lib ishladi. 2012 yildan kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Qayd etish joiz, so‘nggi yillarda terma jamoamiz vakillarining natijalari o‘sib borishida ushbu insonning ham alohida xizmatlari bor.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Gulnora Oripovani bugungi ayyom bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech