FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Iyul 2022 4445

Oʻsmirlar Olimpiadasi chempioni Umidjon Jalolov 20 yoshda!

Bugun iqtidorli kurashchilarimizdan biri Umidjon Jalolov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Umid Jalolov 2002-yil 12-iyul kuni Buxoroda tugʻilgan. Erkin kurash boʻyicha 2017-yil Bangkokda oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻolibi. 2018-yil Toshkentda ushbu muvaffaqiyatni takrorlab, Buenos-Ayres-2018 oʻsmirlar Olimpiadasiga yoʻllanma olgan. Kichik Olimpiadada -48 kg vazn toifasida ishtirok etgan yosh polvonimiz raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va oltin medal sohibi boʻldi. 2019-yil oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. Kuni kecha Bahraynda oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligida bronza medaliga sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Umidjon Jalolovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, ulkan muvaffaqiyatlar va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech