FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Iyul 2022 2870

Velosportchimiz xalqaro musobaqada shohsupaga koʻtarildi

Ozarbayjonda veloshosse boʻyicha “Aziz Shusha” nomli xalqaro turnir boʻlib oʻtdi. Musobaqada ishtirok etgan “Tashkent city professional cycling team” jamoasi vakili ham shohsupaga koʻtarildi.

Turnirning ikkinchi bosqichi jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Unda yosh umidli sportchilarimizdan biri Akrom Sunnatov ikkinchi natijani qayd etdi. 71 km masofani tashkil etgan bosqich Ozarbayjonning Shusha hududidan oʻtgan togʻli yoʻllardan iborat boʻldi.

Poygada Turkiyaning “Sakarya BB Pro Team” jamoasi sharafini himoya qilayotgan ozarbayjonlik taniqli sportchi Elchin Asadov birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Moʻgʻuliston vakili kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Ikki bosqichdan iborat musobaqada Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Turkiya, Moʻgʻuliston, Buyuk Britaniya, Ruminiya, Gruziya, Tojikistondan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etishdi. Terma jamoamiz vakillaridan tashkil topgan “Tashkent city professional cycling team” endi iyul-avgust oylarida Italiya, Turkiya va Belarusda oʻtadigan musobaqalarga tayyorgarlik koʻradi.

Text to speech