FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Iyul 2022 3291

Yosh kurashchilarimiz qitʼa chempionatida oʻn uchta medal qoʻlga kiritishdi

Bahrayn poytaxti Manama shahrida sport kurashlari boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz musobaqani 13 ta medal bilan tugatdi.

Soʻnggi kun dasturida erkin kurash boʻyicha bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Unda bronza medali uchun gilamga chiqqan Arslan Rahimov (-61 kg) moʻgʻulistonlik Enxbold Enxbatni 8-2, -92 kg vazndagi Ravshanbek Jumaboyev esa koreyalik Cha Seo Xyunni 10-2 hisobida taslim etib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Afsuski, yana ikki vakilimiz mazkur bosqichda imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Shu tariqa, sport kurashlari boʻyicha yoshlar terma jamoamiz musobaqani 2 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medallari bilan yakunladi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi va jamoamizni ushbu natija bilan tabriklab qoladi.

Text to speech