Erkin kurashchilarimiz ikki bronza medali bilan boshlashdi
Manama shahri (Bahrayn) mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida erkin kurash ustalari bahslarga kirishishdi. Dastlabki kun doirasida ikki nafar vakilimiz shohsupaga ko‘tarildi.
-65 kg vazn toifasida ishtirok etgan o‘smirlar Olimpiadasi chempioni Umidjon Jalolov hamda -70 kg vazndagi Zafarbek Otaxonov yarim finalda imkoniyatni boy berib, bronza medali uchun kurashish bosqichiga yo‘l olishdi. Quvonarlisi, ular o‘z bellashuvlarini muvaffaqiyatli yakunlab, shohsupaga ko‘tarildilar.
Afsuski, mazkur bosqichda kurash olib borgan yana 2 nafar vakilimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
65 kg: Umidjon Jalolov - Valixan Riskulbekov (Qirg‘iziston) 11:1
70 kg: Zafarbek Otaxonov - Jassulan Bexultarov (Qozog‘iston) 10:0
79 kg: Asadbek Karimov - Dipak Dipak (Hindiston) 0:10
97 kg: Bekzodjon Yo‘ldoshev - Zelimxan Mussixanov (Qozog‘iston) 4:5