10 Iyul 2022 941

Kamoliddin Ro‘zimuhammedovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi Bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov o‘z tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

Kamoliddin Ro‘zimuhammedov 1985 yil 10 iyul kuni tavallud topgan. Yengil atletika bo‘yicha sport ustaligiga nomzod. Faoliyati davomida Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabida trener, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan. Hozirda mazkur federatsiya Bosh kotibi vazifasini bajarib kelmoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Kamoliddin Ro‘zimuhammedovni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr-sihat salomatlik va omad tilab qoladi.

Text to speech