9 Iyul 2022 6252

Kurashchi qizlarimiz Osiyo chempionatini kuchli uchlikda yakunlashdi

Manama shahri (Bahrayn) mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yana bir kun ortda qoldi. Quvonarlisi, unda bahs olib borgan 3 nafar qizimiz shohsupaga ko‘tarildi.

-57 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Layloxon Sobirova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi. -53 kg vazn toifasida Dilshoda Matnazarova aylana tizimda o‘tgan bellashuvlar yakunida kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, -62 kg vaznda Rushana Abdirasulova shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Shu tariqa, kurashchi qizlarimiz qit’a birinchiligini 1 tadan oltin va kumush, shuningdek, 2 ta bronza medali bilan yakunlashdi. Ahamiyatliisi, ushbu natija bilan ayollar terma jamoamiz Yaponiya va Hindistondan so‘ng umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Endi yosh erkin kurash ustalari o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.

Text to speech