FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Iyul 2022 3179

Rahimjon Subxonov faoliyatida ilk bor “Katta dubulgʻa” turnirida shohsupaga koʻtarildi

Budapeshtda oʻtkazilayotgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasining birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. -66 kg vazn toifasi finalida ishtirok etgan Rahimjon Subxonov hal qiluvchi bellashuvda yaponiyalik Olimpiada chempioniga qarshi munosib kurashdi.

Garchi bellashuv kunchiqar yurt vakilining gʻalabasi bilan xotima topgan boʻlsa ham, yosh polvonimiz Xifumi Abega munosib qarshilik koʻrsata oldi. Yakunda Abe 2 vazari bahosi bilan oʻzining 3 yildan beri uzilmayotgan magʻlubiyatsiz seriyasini davom ettiradigan boʻldi. Subxonov esa kumush medal bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, Subxonov faoliyatida ilk bor “Katta dubulgʻa” turnirlarida shohsupaga koʻtarilmoqda. Bundan tashqari u jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida 350 ochkoni oʻz hisobiga qoʻyib qoʻymoqda.

Qayd etish joiz, bungacha hamyurtimiz jahon reytingida 197-pogʻonada joylashgan edi. Uning bugungi kumush medali yangi haftada kuchli 50 talikka kirishi uchun zamin yaratadi.

Text to speech