8 Iyul 2022 1237

Poytaxtimizda Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun musobaqa boshlandi

Toshkentda taekvondo boʻyicha Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Kim Xi Sang kubogi uchun musobaqa boshlandi. Unda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 600 nafardan ziyod taekvondochi ishtirok etmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov, janob Kim Xi Sang ishtirok etishdi. Unda soʻz olgan mutasaddilar mamlakatimizda taekvondo sportining jadal suratlarda rivojlanib borayotgani, terma jamoamizning soʻnggi qitʼa birinchiligida qayd etgan natijasiga alohida toʻxtalib oʻtishdi. Tadbir davomida yosh taekvondo ustalarining chiqishi “Universal” arenadagi muxlislarga yanada koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Sherzod Tashmatov har ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish, xususan, yurtimizda taekvondo rivojini kuchaytirishdagi yordami uchun janob Kim Xi Sangga esdalik sovgʻasini taqdim qildi.

Text to speech