FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Iyul 2022 2987

Osiyo chempionatida sovrindorlarimiz safi koʻpaymoqda

Shu kunlarda Bahraynda sport kurashlari boʻyicha yoshlar oʻrtasida qitʼa birinchiligi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik. Musobaqada yunon-rum kurashchilarimiz oʻz chiqishlarini 5 ta medal bilan yakunlashdi.

Ikkinchi kun dasturida 97 kg vazn toifasidagi polvonimiz Islomjon Rahmatov bronza medaliga sazovor boʻldi. U uchinchi oʻrin uchun kechgan kurashda koreyalik Kim Ju Vanni 12-3 hisobida dogʻda qoldirib, Osiyo chempionati sovrindoriga aylandi. Afsuski, bronza medali uchun kechgan yana 2 bellashuvda hamyurtlarimiz imkoniyatni boy berib qoʻyishdi.

Shu tariqa, yunon-rum kurashi boʻyicha yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionatini 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Musobaqa bugun ayollar kurashi dasturi bilan davom etadi.

Text to speech