FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
6 Iyul 2022 3484

Yosh polvonlarimiz Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi

Bahraynning Manama shahrida sport kurashlari boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan polvonlar oʻrtasida Osiyo chempionati boshlandi. Birinchi kun doirasida “klassik” kurashchilarimiz 4 ta medalga sazovor boʻlishdi.

-77 kg vazn toifasida ishtirok etgan Samandar Bobonazarov barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, qitʼa chempionligini qoʻlga kiritdi. Azamatjon Abdubannobov (-87 kg) hamda Temurbek Nasimov (-130 kg) shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarilgan boʻlsalar,, Alisher Gʻaniyev (-55 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, dastlabki kun vakillarimiz uchun 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunlandi. Bugun musobaqa doirasida yunon-rum kurashi bahslari davom etadi.

Text to speech