FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 Iyul 2022 2172

“Olimpik” yana bir granddan ochko tortib oldi

Ma’lum qilganimizdek, bugun “Olimpik” Coca Cola Superligasining 10-tur qoldirilgan uchrashuvi doirasida “Navbahor”ni qabul qildi. Murosasiz kechgan bellashuvda jamoamiz peshqadam bilan murosa ko‘chasini tanladi.

Uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq Jamshid Iskanderov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunlanayotgan pallada Po‘latxo‘ja Xoldorxonov oradagi muvozanatni tikladi. Ikkinchi taymda jamoalar har qancha harakat qilishmasin, darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi va klublar o‘z hisoblariga bittadan ochko qo‘shib qo‘yishdi.

Coca Cola Superligasi, 10-tur
“Olimpik” – “Navbahor” 1:1
Gollar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 39' – Jamshid Iskanderov 2'.

Shu tariqa, Temur Kapadze shogirdlari ochkolarini 14 taga yetkazib olishmoqda. Bugungi natija bilan “Olimpik” birinchi davrani sakkizinchi pog‘onada yakunlaydigan bo‘ldi. Qisqa tanaffusdan so‘ng, aniqrog‘i 1 avgustdan boshlab 14-tur o‘yinlariga start beriladi.

Text to speech