5 Iyul 2022 1181

Regbichilarimiz ikkinchi divizionga chiqish arafasida

Ayni kunlarda Qirgʻiziston poytaxtida regbi-15 boʻyicha uchinchi divizion vakillari oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz hal qiluvchi bosqichga yetib keldi.

Saralash bahslaridan muvaffaqiyatli oʻtgan vakillarimiz yarim finalda Moʻgʻuliston termasini 17:10 hisobida magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi. Endi hamyurtlarimiz finalda Qozogʻistonga qarshi bellashishadi.

Ushbu bahs gʻolibning ikkinchi divizionga yoʻllanma olishi bilan yanada ahamiyatli. Ertaga boʻlib oʻtadigan oʻyinda yigitlarimizga omad tilab qolamiz.

Text to speech