4 Iyul 2022 3267

Yangi tarix yozishda davom etamiz: Taekvondochi qizimiz ilk bor jahon reytingi peshqadamiga aylandi

Koreya Respublikasi mezbonlik qilgan Osiyo chempionatidan so‘ng taekvondochilarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Ahamiyatlisi, unda Charos Qayumova ayollar tasnif jadvalida ilk bor peshqadamga aylangan taekvondochi qizimizga aylandi. Shuningdek, qit’a birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etgan boshqa vakillarimiz ham o‘z o‘rinlarini mustahkamlab olishdi. Umumiy hisobda kuchli o‘nlikda jami 6 nafar sportchimizni ko‘rishimiz mumkin. Batafsil:

Erkaklar

-63 kg:
1. Xoan Kala (Ispaniya) - 140.74 ochko,
13. Niyoz Po‘latov (O‘zbekiston) - 64.90

-68 kg:
1. Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) - 293.44
2. Ulug‘bek Rashitov (O‘zbekiston) - 262.31

-74 kg:
1. Daniel Kesada (Ispaniya) - 132.58
10. Jasurbek Jaysunov (O‘zbekiston) - 80.40

-80 kg:
1. Maksim Xramsov (Rossiya) - 304.34
9. Shuhrat Salayev (O‘zbekiston) - 141.13

-87 kg:
1. Migel Soaresh (Braziliya) - 190.64
13. Nikita Rafalovich (O‘zbekiston) - 61.60

+87 kg:
1. Vladislav Larin (Rossiya) - 259.96
25. Shohruh Rajabov (O‘zbekiston) - 56.87

Ayollar

-53 kg:
1. Charos Qayumova (O‘zbekiston) - 126.84
2. Tatyana Minina (Rossiya) - 116.70

-62 kg:
1. Karolayn Santos (Braziliya) - 202.24
4. Feruza Sadikova (O‘zbekiston) - 111.71

+73 kg:
1. Byanka Uolkden (Buyuk Britaniya) - 352.07
7. Svetlana Osipova (O‘zbekiston) - 156.07

Text to speech