Yetti nafar bokschimiz bugun "Yelorda kubogi"da chempionlik uchun ringga chiqadi
Qozog‘iston poytaxtida boks bo‘yicha ilk bor tashkil etilayotgan "Yelorda kubogi" hal qiluvchi pallaga kirdi. Bugun turnirning final janglari bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada mezbonlardan tashqari Kuba, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Mo‘g‘uliston kabi boks olamida kuchli maktabga ega 10 dan ortiq mamlakat vakillari qatori hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. Murosasiz o‘tgan saralash bellashuvlaridan keyin O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili final bosqichiga yetib keldi.
E’tiborlisi, bu gal oltin medal uchun bahs olib boradigan qizlarimiz yigitlarimizdan son jihatdan ustunlik qilishmoqda. Bugun chempionlik uchun ringga ko‘tariladigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
Erkaklar:
-48 kg: Asilbek Jalilov - Temirtas Jussupov (Qozog‘iston)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Felesiano Martines (Kuba)
+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Damir Toibay (Qozog‘iston)
Ayollar:
-50 kg: Sabina Boboqulova - Namiki Sukimi (Yaponiya)
-52 kg: Feruza Kazakova - Jana Shekerbekova (Qozog‘iston)
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Boro Jamuna (Hindiston)
-57 kg: Sitora Turdibekova - Karina Ibragimova (Qozog‘iston)
Bronza medali sohiblari:
Erkaklar:
-51 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov
-63.5 kg: Mujibillo Tursunov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Ayollar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-48 kg: Marjona Savriyeva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova
Bugun chempionlik uchun ringga ko‘tariladigan barcha yurtdoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!