FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Iyul 2022 3035

Konya-2021: Jamoaviy sport turlariga qur’a tashlandi

9-18 avgust kunlari Turkiyaning Konya shahrida o‘tadigan V Islom birdamligi o‘yinlarining jamoaviy sport turlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlariga ko‘ra, musobaqada ishtirok etadigan jamoalarimiz o‘z raqiblari nomini bilib olishdi.

E’tiborlisi, dastlab faqatgina gandbol va basketbol 3x3 bo‘yicha ayollar jamoalarimiz ushbu turnirda ishtirok etishlari e’lon qilingan edi. Keyinchalik voleybol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasiga ham bo‘lajak Islom birdamligi o‘yinlarida qatnashish uchun taklif keldi.

Qur’a yakuni bo‘yicha jamoalarimiz musobaqaning guruh bosqichida quyidagi raqiblarga qarshi bahs olib borishadi:

Gandbol, “A” guruhi: Senegal, Bangladesh, Turkiya, O‘zbekiston;
Voleybol, “A” guruhi: O‘zbekiston, Indoneziya, Turkiya, Eron.

Reglamentga ko‘ra, basketbol 3x3 dasturida qur’a jamoalarning reytingidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi va natija tez orada xalqaro tashkilot saytida e’lon qilinadi.

Text to speech