2 Iyul 2022 1076

Olga Zabelinskaya ayollar “Jiro”sida ishtirok etmoqda

Taniqli velosportchimiz Olga Zabelinskaya Italiyada oʻtkazilayotgan ayollar oʻrtasidagi “Jiro dʻItaliya donne” koʻpkunlik velopoygasida qatnashmoqda. Hamyurtimiz bugun ikkinchi bosqichda startga chiqadi.

Velopoyga olamida ayollar tasnifidagi eng nufuzli turnirlardan birida 140 nafarga yaqin eng kuchli poygachilar qatnashmoqda. Birinchi bosqich Villasimius va Tortali manzillari orasidagi 106.5 km masofada oʻtkazildi. Murakkab yoʻllardan iborat bosqichda Zabelinskaya 2 soat 39 daqiqa 41 soniya bilan 118-natijani qayd etdi.

Yurtdoshimiz musobaqada “Roland Cogeas Edelweiss Squad” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Bugun ikkinchi bosqich bellashuvlari oʻtkazilib, unda ishtirokchilar Kala Ganone va Olbiya shaharlari orasidagi 113.4 km yoʻlni bosib oʻtishadi. Jami 10 bosqichdan iborat poygalarda hamyurtimizga omad tilaymiz.

Text to speech