FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
1 Iyul 2022 4348

Alisher Narbayevni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari, polkovnik, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari Narbayev Alisher To‘xtayevich o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning yorqin bir misoli sifatida Alisher To‘xtayevich boshchiligida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, umidli hamda istiqbolli sportchilarni tarbiyalashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni aytish mumkin. 

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Alisher Narbayevni tavallud kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech