“Olimpik” safarda “Nasaf” bilan jangovar durang qayd etdi
MOQ qoshida tashkil etilgan “Olimpik” futbol klubi O‘zbekiston Coca Cola Superligasida navbatdagi tur uchrashuvini o‘tkazdi. Safarda “Nasaf”ga qarshi maydonga chiqqan Temur Kapadze shogirdlari raqibdan ochko tortib olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Garchi bahsda maydon egalari tezkor gol bilan hisobni ochgan bo‘lsalar ham, vakillarimiz bu bilan ruhiy tushkunlikka uchrashmadi. Ikkinchi taymda Po‘latxo‘ja Xoldorxonov hamda Muhammadqodir Hamraliyevning gollari jamoamizni oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada Marko Stanoyevich penaltidan to‘p kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Coca Cola Superligasi, 13-tur
“Nasaf” – “Olimpik” 2:2
Gollar: Sharof Muhiddinov 3', Marko Stanoyevich 76' – Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 61', Muhammadqodir Hamraliyev 71'.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng jamoamiz hisobidagi ochkolarni 13 taga yetkazib oldi.