FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
30 Iyun 2022 2504

Andrey Abduvaliyevni tabriklaymiz!

Bugun Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisining oʻrinbosari, Olimpiada chempioni Andrey Abduvaliyev oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Andrey Hakimovich Abduvaliyev 1966-yil 30-iyun kuni tugʻilgan. Yengil atletikaning bosqon uloqtirish yoʻnalishi boʻyicha Barselona-1992 Olimpiya oʻyinlari chempioni. Andrey Hakimovich, shuningdek, 1993-yil Shtutgart va 1995-yil Gyoteborgda oʻtgan jahon chempionatlari gʻolibi, Osiyo chempioni va Osiyo oʻyinlari sovrindori ham sanaladi.

Xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvonini qoʻlga kiritgan Andrey Abduvaliyev 2000-yilda sportchilik faoliyatini tugatgan. Bir necha yil mamlakat yengil atletika federatsiyasi raisi sifatida samarali mehnat qilgan. Hozirda Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisining oʻrinbosari va Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimlarida ish olib bormoqda. 2021-yil davlatimiz tomonidan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Andrey Abduvaliyevni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech