30 Iyun 2022 1614

Konkur bo‘yicha “Yoshlar kubogi”da chavandozlar 2 metr balandlikdan sakrashdi

“Universal Jumping Agro” bazasida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha "Yoshlar kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 30 iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 60 nafar mohir chavandoz g‘oliblik uchun bellashdi.

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan o‘tgan tadbirda Agentlik raisi, Senator Alisher Sa’dullayev, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev ishtirok etishdi. Musobaqa 4 toifada o‘tkazilib, 1-2 yo‘nalishlarda o‘smirlar hamda yoshlar, 3-4 kategoriyalarda esa kattalar bahs olib bordilar. Bellashuvlar mobaynida 6 to‘siqdan o‘tish bahsi ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘ldi. Unda ishtirokchilar dastlab 110 cm, yakunda 2 metr balandlikdagi to‘siqlardan o‘tishdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

12-14 yoshli bolalar, 110 sm (to‘siq balandligi)
1. Dilshod Shokirov – “Alonso 43” (ot laqabi)
2. Dilshod Shokirov – “Flayt”
3. Abdulaziz Tolibjonov – “Zorro”

Yoshlar, 5-6 yoshli otlarda:
1. Temur Azizov
2. Alisher Erkinov
3. Ixtiyor O‘sarov

14-21 yoshli sportchilar, 120 sm:
1. Temur Azizov – “Elaksta”
2. Elina Akramova – “Vild Bot”
3. Boburjon Valijonov – “Abaja Dos Darados”

6 to‘siq:
1. Muhammaddiyor Raimjonov – “Solist”
2-o‘rin sohiblari: Bahromjon Gaziyev (“La Blyu Ruj”), Jasurbek Xotambekov (“Laki Star”), Elina Akramova (“Vild Bod”).

Yakunda birinchi o‘rin sohiblari 30, kumush medal egalari 20 va uchinchi o‘rinni band etgan sportchilar 15 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Text to speech