FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
30 Iyun 2022 2681

Bir guruh sportchilarimiz Yoshlar kuni arafasida davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi

Mamlakatimizda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir qator tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Quvonarlisi, ular orasida sport sohasi vakillari ham bor. Yurtboshimizning tegishli Farmoni bilan quyidagi sportchilarimiz ana shunday mukofotlarga sazovor bo‘lishdi:

“Kelajak bunyodkori” medali bilan:
Jaloliddinov Jasurbek Jamshid o‘g‘li — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) sardori;
Norchayev Xusain To‘raqul o‘g‘li — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) a’zosi;
Erkinov Hojimat Botir o‘g‘li — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) a’zosi.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan:
Mamutov Sherzod Azamatovich – Qilichbozlik O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
Abduraimov Elnur Nurgaliyevich – Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
Turdiyev Alisher G‘ulom o‘g‘li – Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi.

Text to speech