FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
30 Iyun 2022 2499

Malik Babayev 60 yoshda!

Bugun Oʻzbekiston MOQning sobiq raisi, hozirda mamlakat boks federatsiyasi raisining maslahatchisi sifatida faoliyat olib borayotgan Malik Babayev 60 yoshga toʻldi.

Malik Qurbonaliyevich Babayev 1962-yil 30-iyun kuni tavallud topgan. Poytaxtimizdagi Sharqshunoslik institutida bakalavr, Fransiyaning Lion shahridagi “Claude Bernard Lyon I” universitetining Sport menejmenti yoʻnalishida magistrlik bosqichida tahsil olgan. Sohada ulkan tajriba toʻplagach, 2001-2005-yillar MOQ Bosh kotibi, 2009-2012-yillar Qoʻmita prezidenti lavozimida faoliyat olib bordi. 2013-yildan shu paytgacha Oʻzbekiston boks federatsiyasida vitse-prezident, Bosh kotib, rais maslahatchisi kabi lavozimlarda mehnat qilib kelmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Sport faxriylari kengashi Malik Babayevni tavallud ayyomi bilan qutlab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech