FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 Iyun 2022 3177

Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Eng yaxshi sportchi va murabbiy nomiga sazovor bo‘lishdi

24-27 iyun kunlari Koreya Respublikasi taekvondo WT bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionligiga mezbonlik qildi. Qit’amizning eng kuchli taekvondochilari qatnashgan mazkur musobaqada terma jamoamiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal qo‘lga kiritdi. 

Mazkur turnir bir qator yangi nomlarni kashf qilib berdi. Ular orasida o‘zining ajoyib texnikasi va harakatlari bilan ajralib turgan Jasur Jaysunovning ishtiroki mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etildi. -74 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Jaysunov musobaqaning “Eng yaxshi erkak sportchisi” deb topildi. 

Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatlarida koreyalik sportchilar erkaklar o‘rtasida muntazam ravishda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib kelishgan. Biroq bu yil, yanada e’tiborlisi, ushbu sport vatanida o‘tgan qit’a birinchiligida ushbu an’anaga barham berildi. Bunday olamshumul natijani bizning jamoa amalga oshirgani bilan ko‘nglimiz yana bir karra faxr hissini tuymoqda. Shubhasiz, o‘z tarixida ilk bor Osiyo birinchiligida 4 ta oltin medal jamg‘argan erkaklar jamoamizning ustozi Pavel Xan “Eng yaxshi murabbiy” sifatida tan olindi.

Text to speech