FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 Iyun 2022 3766

Taekvondochi yigitlarimizdan tarixiy natija! Ular koreyaliklarni umumjamoa hisobida ortda qoldirishdi

Koreya Respublikasida taekvondo WT boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Bugun -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Shuhrat Salayev qitʼa chempionligini qoʻlga kiritdi.

Taekvondochimiz finalda Tokio-2020 kumush medal sohibi iordaniyalik Solih El Sharabati bilan toʻqnash keldi. Birinchi raundda Salayevning, ikkinchi boʻlimda raqibning gʻalabasi qayd etildi. Hal qiluvchi raundda Salayev 0:5 hisobida ortda borayotganiga qaramasdan kuchli xarakter koʻrsatib, 8:7 hisobida bellashuv taqdirini oʻz foydasiga hal qila oldi. Ayniqsa, soʻnggi 2 soniyada 2 ochkolik zarba bilan gʻalabani “ilib” ketgani butun musobaqaning eng dramatik lahzasi boʻldi, deyish mumkin.

Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur qitʼa birinchiligini 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi. Ahamiyatli tomoni, erkaklar terma jamoamiz 4 ta oltin medal bilan musobaqa mezbonlarini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi. Qayd etish joiz, terma jamoamiz qitʼa birinchiliklarida shu paytgacha 4 ta oltin medal qoʻlga kiritmagan edi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi taekvondochilarimizning ushbu tarixiy natijasi bilan Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi va jamoamizni, murabbiylar shtabini samimiy qutlaydi.

Text to speech