FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 Iyun 2022 2915

Davlat Bobonovning “Katta dubulgʻa"dagi kumush medali uni reyting yetakchisiga aylantiradi

Moʻgʻulistonning Ulan-Bator shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi musobaqa oʻz yakuniga yetmoqda. Biroz avval -90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Davlat Bobonov kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Bobonov finalda rossiyalik Mixail Igolnikovga qarshi tatamiga chiqdi. Qiziqarli kechgan bellashuv 2014-yilgi oʻsmirlar Olimpiadasi chempioni Igolnikovning gʻalabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, sportchimiz ushbu musobaqa orqali jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 yoʻlida esa 350 ochkoni qoʻlga kiritmoqda. Yana bir ahamiyatli tomoni, mazkur natija sportchimizni kelasi hafta eʼlon qilinadigan jahon reytingida ushbu vazn peshqadamga aylantiradi.

Shu tariqa dzyudochilarimiz Moʻgʻuliston zaminida oʻtgan nufuzli musobaqani 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunlashmoqda. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi, sportchilarimiz va murabbiylar shtabini mazkur muvaffaqiyat bilan samimiy qutlab qoladi.

Text to speech