25 Iyun 2022 1467

Keunimjayeva qitʼa chempioni, yana ikki qizimizda bronza

Bishkek shahrida (Qirgʻiziston) sport kurashlari boʻyicha oʻsmirlar (U17) va yoshlar (U23) oʻrtasida Osiyo chempionati qizgʻin pallada. Bugun 23 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

Quvonarlisi, ayollar kurashi musobaqasida hamyurtimiz Aktenge Keunimjayeva (-53 kg) barcha raqibalarini magʻlubiyatga uchratib, Osiyo chempioniga aylandi. Hamyurtimiz oltin medal yoʻlida qozogʻistonlik Ellada Maxyaddinova, hindistonlik Antim Antim, qirgʻizistonlik Ayjan Sabirbek qizi hamda moʻgʻulistonlik Hulan Batxuyagdan ustun keldi.

Shuningdek, aylana tizimida oʻtgan oʻz vazn toifasidagi bellashuvlarda Azoda Esbergenova (-68 kg) hamda Dinora Rustamova (-65 kg) bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Text to speech