25 Iyun 2022 1437

Badiiy gimnastikachilarimiz bugungi bahslarni oltita medal bilan yakunlashdi

Tailandda oʻtayotgan badiiy gimnastika boʻyicha Osiyo chempionatining navbatdagi kun bellashuvlari ortda qoldi. Ushbu kun dasturida mahoratli qizlarimiz olti bor shohsupaga koʻtarilishdi.

Kun davomida jamoamiz jamgʻargan medallar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil etdi. Taxmina Ikromova koʻpkurash, Natalya Usova yoshlar oʻrtasida halqadagi dasturda oltin medalga sazovor boʻlgan boʻlsalar, koʻpkurash yoʻnalishida ham qizlarimiz bosh sovringa ega chiqishdi.

Shahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyozova, Nilufar Aʼzamova, Mumtoza Isʼhoqzoda, Xurshida Abduraufova va Mariya Pakdan iborat jamoamizning 5 halqada bajargan chiqishi kumush medalga loyiq koʻrildi. Anastasiya Saransovaning toʻp bilan, yoshlar jamoamizning (Domenika Damirova, Viktoriya Neskubo, Irodaxon Sodiqova, Diyora Baxtiyorova, Mubina Kamolova va Yasmin Amira Mirzayarova) arqon bilan ijro etgan dasturi esa bronza medallarini keltirdi.

Ertaga musobaqaning soʻnggi kun bellashuvlari oʻtkaziladi. Unda ham jamoaviy va yakkalik dasturlarida medallar oʻz egalariga topshiriladi.

Text to speech