FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
25 Iyun 2022 3300

Jasur Jaysunov – Osiyo chempioni!

Taekvondo boʻyicha oʻtkazilayotgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz ikkinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi. Bu gal -74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jasur Jaysunov qitʼa chempionligiga sazovor boʻldi.

Hamyurtimiz finalda jahon chempionatining kumush medal sohibi, 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlari gʻolibi eronlik Mirhoshim Hossayniga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli zarbalar va keskin raqobat ostida kechgan bahsda Jaysunov tajribali raqibini magʻlub etdi.

Shu tariqa, terma jamoamizning musobaqada qoʻlga kiritgan medallari 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronzani tashkil etmoqda. Ertaga bahs olib boradigan yurtdoshlarimizga ham bugungidek muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Text to speech