FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
24 Iyun 2022 2895

Badiiy gimnastikachilarimiz Osiyo chempionatini oltin va kumush medallari bilan boshlashdi

Tailandning Pattayya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha qit’a birinchiligi bo‘lib o‘tmoqda. 15 mamlakatdan eng sara gimnastikachilar qatnashayotgan musobaqada qizlarimiz jamoaviy dasturda chempionlikni qo‘lga kiritishdi. 

Ikki kun davom etgan ushbu yo‘nalishdagi bellashuvlarda Taxmina Ikromova, Sabina Tashkenbayeva hamda Yosmina Rahimova yakkalik, Shahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyozova, Nilufar A’zamova, Mumtoza Ishoqzoda, Xurshida Abduraufova va Mariya Pak guruh mashqlarida eng yuqori ballarni jamg‘arishdi. Ushbu dasturda qozog‘istonlik gimnastikachilar kumush medallar bilan taqdirlangan bo‘lsalar, kuchli uchlikni Yaponiya jamoasi yakunlab berdi. 

Musobaqada yana bir medal yoshlarimiz hisobiga yozildi. Natalya Usova, Evelina Atalyans, Anastasiya Saranseva hamda Vilana Savadyan, shuningdek, Domenika Damirova, Viktoriya Neskubo, Irodaxon Sodiqova, Diyora Baxtiyorova, Mubina Kamolova va Yasmin Amira Mirzayarovadan iborat yoshlar jamoamiz tengqurlari orasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Ertadan boshlab sportchilar ko‘pkurash va alohida dasturlardagi final bahslarida ishtirok etishadi. Mazkur bellashuvlarda ham yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz.

Text to speech