24 Iyun 2022 2508

Diyora Keldiyorova ikki karra “Katta dubulgʻa” turniri gʻolibi

Moʻgʻulistonda start olgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasining birinchi kun bellashuvlari yakuniga yetib bormoqda. Turnirning ilk kuni jamoamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtib, Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Hamyurtimizga hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik Alesya Kuznetsova raqiblik qildi. Qiziqarli kurashlarga boy bellashuvda Keldiyorova gʻalaba qozonib, “Katta dubulgʻa” turnirlarining ikki karra gʻolibiga aylandi.

Yana bir ahamiyatli tomoni, Diyora Keldiyorova Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari uchun 500 reyting ochkosini ham oʻz hisobiga qoʻshib qoʻydi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu