24 Iyun 2022 2237

Diyora Keldiyorova finalda!

Xushxabarlar davom etadi. Moʻgʻuliston poytaxti mezbonlik qilayotgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turnirining birinchi kuni jamoamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda. -52 kg vazn toifasida qatnashayotgan Diyora Keldiyorova final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Dastlab Xitoy Taipeyi vakilasini magʻlub etgan Kelidyorova chorak finalda germaniyalik Masha Balxausni, yarim finalda portugaliyalik Joana Diogoni ippon bahosi bilan dogʻda qoldirdi. Hamyurtimiz kechki dasturda oltin medal uchun rossiyalik Alesya Kuznetsovaga qarshi tatamiga chiqadi.

Afsuski, bugun ishtirok etgan aka-uka Kemran hamda Sardor Nurillayev hamda Gulnur Muratbayeva medallar uchun kurashni erta tark etishdi. Chempionlik uchun kechadigan bellashuvda samarqandlik dzyudochi qizimizga omad yor boʻlsin, deb qolamiz.

Text to speech