FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
23 Iyun 2022 2393

“Estafeta” yunon-rum kurashchilarimizda

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar (U 17) va yoshlar (U 23) o‘rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kungi bahslari o‘z yakuniga yetdi.

Bugun yunon-rum kurashi bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bahslarning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, ushbu kun doirasida ishtirok etgan 4 nafar kurashchimizning bari medallarga ega chiqdi.

Shermuhammad Sharibjonov (-60 kg) va Abror Ataboyev (-66 kg) barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. Afsuski, Jahongir Hamroyev (-72 kg) hamda Dilshod Omongeldiyev (-77 kg) hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydilar va kumush medal bilan musobaqani yakunlashdi.

Shu tariqa yunon-rum kurashchilarimiz birinchi kungi bellashuvlarni 2 ta oltin va 2 ta kumush medali bilan tugatishdi. Ertaga qolgan vazn toifalarida medallar uchun bellashuvlar davom ettiriladi.

Text to speech