FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
23 Iyun 2022 2428

Sadullayeva Chexiyada mavsum yetakchilari bilan mardonavor bellashdi

Chexiyaning Brno shahrida yengil atletika bo‘yicha “ROČNÍK BRNĚNSKÉ LAŤKY OLYMPIE” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropaning ko‘zga ko‘ringan atletlari bilan g‘oliblik uchun bahs olib borgan hamyurtimiz Safina Sadullayeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan sirdaryolik yurtdoshimiz 1.91 metr balandlikdan o‘tib, uchinchi natijani qayd etdi. E’tiborlisi, unda g‘alaba qozongan ukrainalik Yaroslava Magichux musobaqada 2.03 metrni zabt etib, o‘ziga tegishli bo‘lgan jahon bo‘yicha mavsumning eng yaxshi natijasini 2 smga yaxshiladi. Ikkinchi o‘rin 1.97 metrgacha katta zaxira bilan kelib, qolgan urinishlarda omadsizlikka uchragan boshqa bir ukrain atleti Irina Gerashenkoga nasib etdi.

Sadullayeva bahslar davomida dastlab 1.84, so‘ng 1.88 va 1.91 metr balandlikni bir urinishda ortda qoldirdi. Ammo 1.94 metrlik planka Safinaga “bo‘yin egmadi” va sportchimiz bronza medali sohibasiga aylandi. Ahamiyatlisi, bu hamyurtimiz uchun mavsumdagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

“ROČNÍK BRNĚNSKÉ LAŤKY OLYMPIE” turniri
Balandlikka sakrash, ayollar:

1. Yaroslava Magichux (Ukraina) – 2.03 metr
2. Irina Gerashenko (Ukraina) – 1.97
3. Safina Sadullayeva (O‘zbekiston) – 1.91

Text to speech