22 Iyun 2022 987

“Olimpik” Superligada navbatdagi g‘alabasini tantana qildi

Ayni kunlarda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca Cola Superligasining 12-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun AGMKga qarshi bahs olib borgan “Olimpik” kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Qiziqarli kurashlarga boy bo‘lgan o‘yin taqdirini yagona gol hal qildi va Muhammadali G‘iyosov uning muallifiga aylandi. 50-daqiqada G‘iyosovning bosh bilan yo‘llagan zarbasi yakunda “Olimpik”ka 3 ochko taqdim qildi.

Coca Cola Superligasi, 12-tur
“Olimpik” – AGMK
Gol: Muhammadali G‘iyosov 50'.
Chetlatish: Sardor Rahimov 40'.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Olimpik” ochkolari sonini 11 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida xavfli zonani tark etdi. Qayd etish joiz, 1-19 iyun kunlari mamlakatimizda o‘tgan U23 Osiyo kubogiga jamoamizning asosiy tarkib o‘yinchilari jalb etilgani uchun "Olimpik" hisobida 2 ta zaxira o‘yini bor.

Text to speech