FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
22 Iyun 2022 2701

Velosportchilarimiz Hindistonda oʻtgan Osiyo chempionatini sakkizta medal bilan yakunlashdi

Hindistonning Nyu-Deli shahrida velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. 18-22-iyun kunlari oʻtgan musobaqada terma jamoamiz vakillari 8 ta medal qoʻlga kiritishdi.

Bugun chempionatning yakuniy kuni Indira Gandi arenasida Farruh Bobosherovning gʻalabasi sharafiga davlatimiz madhiyasi yangradi. Yoshlar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi dasturida kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishdi.

Velosport boʻyicha OCH,
Yigitlar, ochkolar boʻyicha guruh poygasi (U-20)

1. Farruh Bobosherov (Oʻzbekiston) – 74 ochko
2. Li Sungyonu (Koreya Respublikasi) – 24
3. Yumnam Birdjit (Hindiston) – 23

Shuningdek, bugungi bellashuvlarda Asal Rizayeva omnium, Nafosat Koziyeva hamda Yanina Kuskova juftligi medison dasturida bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Shu tariqa, velotrek boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi qitʼa birinchiligini 1 ta oltin va 7 ta bronza medallari bilan yakunladi. Jamoamiz quyidagi yo‘nalishlarda medallarga sazovor bo‘ldi:

Oltin:
Farruh Bobosherov – yoshlar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi

Bronza:
Yanina Kuskova – ayollar o‘rtasida individual poyga
Sofiya Karimova – qizlar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi
Vladislav Troman – yigitlar o‘rtasida omnium poygasi
Yanina Kuskova – ayollar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi
Sofiya Karimova – qizlar o‘rtasida skretch dasturi
Asal Rizayeva – qizlar o‘rtasida omnium dasturi
Nafosat Koziyeva hamda Yanina Kuskova – ayollar o‘rtasida medison, juftlik.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi terma jamoamizning ushbu natijasi bilan Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi, sportchilarimiz va murabbiylar shtabini samimiy qutlaydi.

Text to speech