21 Iyun 2022 1242

Taekvondochilarimizning Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi tarkibi aniq

24-27 iyun kunlari Janubiy Koreyaning Chunchon shahrida taekvondo bo‘yicha XXV Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 11 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, mazkur musobaqada Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov, shuningdek, Nikita Rafalovich, Svetlana Osipova, Charos Qayumova kabi yetakchilarimiz qatorida yosh umidli vakillarimiz ham qatnashishadi. Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi taekvondochilarimiz ro‘yxati:

-46 kg: Zarnigor Husniddinova
-49 kg: Dinora Muxtorova
-53kg: Charos Qayumova
-62 kg Feruza Sadikova
+73kg: Svetlana Osipova
-63 kg: Niyaz Pulatov
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-74 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Nikita Rafalovich
+87kg: Shohruh Rajabov

Murabbiylar:
Pavel Xan
Paxlavon Sobirov
Maksim Rafalovich
Jasur Boyqo‘ziyev

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bo‘lajak musobaqada terma jamoamizga omad va zafarlar tilaydi.

Text to speech