20 Iyun 2022 1482

"Befit Race" xalqaro turniri o‘z g‘oliblarini aniqladi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Amirsoy Resort" dam olish maskanida "Befit Race" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro turnir maqomida o‘tgan mazkur start o‘zida 7 mamlakatdan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq sportchilarni jamladi.

Musobaqaning ochilish marosimi ham o‘ziga yarasha ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi Avaz Karimov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev va boshqa rasmiylar ishtirok etishdi. Marosimda so‘zga chiqqan Avaz Karimov hamda Oybek Kasimov Prezidentimizning mamlakatimiz aholisi orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini kuchaytirish bo‘yicha olib borayotgan siyosatida bu kabi musobaqalarning ahamiyati yuqori ekanini alohida ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng bellashuvlarga start berildi. Unda havaskor va professional atletlar o‘z yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. 5 va 8 km masofadan iborat trassada ishtirokchilarni bir-biridan qiziqarli va murakkab mashqlar kutib turar edi. Yakunda quyidagi qatnashchilar o‘z yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

Sprint men
1-o‘rin: Rustam Choriyev
2-o‘rin: Javlonbek Yaxshiboyev
3-o‘rin: Elbek Rajabaliyev

Sprint woman
1-o‘rin: Ruzanna Israyelyan
2-o‘rin: Renata Kapkayeva
3-o‘rin: Adelya Bugakova

Elite men
1-o‘rin: Semyon Shadrin
2-o‘rin: Lev Razuvayev
3-o‘rin: Vladimir Donskov

Elite woman
1-o‘rin: Yekaterina Datskovskaya
2-o‘rin: Anastasiya Feoktictova
3-o‘rin: Yekaterina Voronina

Team sprint
1-o‘rin: Milliy gvardiya
2-o‘rin: “Community force”
3-o‘rin: Ichki ishlar vazirligi

Team elite
1-o‘rin: “Akhmat”
2-o‘rin: “Savage”
3-o‘rin: “Buka”.

Text to speech