Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogining kumush medallariga sazovor boʻldi
Mamlakatimiz mezbonlik qilgan futbol boʻyicha U23 Osiyo kubogi oʻz yakuniga yetdi. Unda finalgacha yetib borgan Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi musobaqani ikkinchi oʻrinda yakunladi.
Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan final bellashuvi keskin va murosasiz kurashlarga boy boʻldi. Ikkinchi taymda raqiblar kiritgan ikki gol Saudiya Arabistonini musobaqa gʻolibiga aylantirdi.
U23 Osiyo kubogi, final
Oʻzbekiston U23 0 – 2 Saudiya Arabistoni U23
Gollar: Ahmad Al Gʻamdi 49ʻ, Fares Albriken 74ʻ
Qayd etish joiz, musobaqada raqib jamoalarning aksariyati 22-23 yoshli oʻyinlardan tashkil topgan. 20-21 yoshli futbolchilardan tuzilib, Parij-2024 Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun tayyorlanayotgan jamoamizning finalgacha yetib borgani kelajakda kuchli avlod vakillari yetishib chiqayotganidan dalolat bermoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Olimpiya terma jamoamizning musobaqadagi ajoyib ishtiroki bilan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, futbolchilarimiz va murabbiylar shtabini samimiy qutlab qoladi.