MOQ raisi oʼrinbosari Аzizjon Kamilovni tabriklaymiz!
Bugun Milliy Olimpiya qoʼmitasi raisi oʼrinbosari, Oʼzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Аzizjon Kamilov tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Аzizjon Yakubjanovich Kamilov 1984 yil 19 iyunь kuni tugʼilgan. Hozirda MOQ raisi oʼrinbosari, Oʼzbekiston dzyudo federatsiyasining raisi lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.
Аzizjon Yakubjanovich mamlakat dzyudo federatsiyasi boshqaruvida katta islohotlarni amalga oshira oldi. 2019 yil dzyudo boʼyicha Toshkent “Katta dubulgʼa” turnirining “Humo arena” muz saroyida oʼtishi, Oʼzbekiston oʼz tarixida ilk bor joriy yil kattalar oʼrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi, terma jamoamiz boshqaruvida jahon dzyudosining afsonaviy vakili, Аfina-2004 Olimpiya oʼyinlari chempioni Ilias Iliadis kabi murabbiyning ish boshlashi, bunga javoban dzyudochilarimizning jahon arenalaridagi ulkan gʼalabalarida ushbu insonning xizmatlari katta. Qayd etish joiz, Аzizjon Kamilov rahbarligida ilk bor mamlakatimiz “Katta dubulgʼa” turnirini qabul qildi, Olimpiya oʼyinlariga qoʼlga kiritilgan yoʼllanmalarimiz soni boʼyicha rekord yangilanib, Tokio-2020 da ushbu sport turida delegatsiyamiz hisobiga 1 ta bronza medali yozib qoʼyildi.
Аziz Yakubjanovichning tashabbusi bilan Xalqaro dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlikda Oʼzbekistonda “Maktablarda dzyudo” dasturi yoʼlga qoʼyildi va uning doirasida Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda 11 viloyatda 13 ta ana shunday yengil konstruktsiyali zallar barpo etildi. Ularda bugungi kunda minglab yoshlarimiz sevimli sportlari bilan shugʼullanishmoqda.
Mamlakatimizda ommaviy sport, qolaversa, dzyudo sportini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun “Doʼstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Oʼzbekiston Milliy Olimpiya qoʼmitasi Аzizjon Kamilovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan gʼalabalar tilab qoladi.