FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
17 Iyun 2022 3591

Ogʻir atletika: Nigora Suvonova uchta kumush, Maʼrufbekov bitta bronza medalini qoʻlga kiritdi

Meksikada davom etayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. Unda qatnashgan 2 nafar vakilimiz jamoamiz hisobiga 4 ta medalni qoʻshib qoʻyishdi.

Iqtidorli qizlarimizdan Nigora Suvonova -76 kg vazn toifasida oltin medal uchun murosasiz raqobat olib bordi. Yakunda hamyurtimiz faqatgina misrlik raqibasiga imkoniyatni boy berib, barcha yoʻnalishlarda kumush medallar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yigitlarimizdan Abrorbek Maʼrufbekov -96 kg vazn toifasida bellashdi. Abrorbek kuchli raqobatda 133 kg natija bilan dast koʻtarish mashqida bronza medaliga sazovor boʻldi. Afsuski, u ikki kurashda uchinchi oʻrin egasiga atigi 1 kg imkoniyatni boy berib, toʻrtinchi oʻrinda musobaqani yakunladi.

Ogʻir atletika oʻsmirlar oʻrtasidagi JCH
Qizlar, -76 kg:

1. Rahma Elsayed (Misr) – 215 (95+120) kg;
2. Nigora Suvonova (Oʻzbekiston) – 210 (91+119) kg;
3. Stefani Espinoza (Meksika) – 200 (90+110) kg.

Ogʻir atletika oʻsmirlar oʻrtasidagi JCH
Yigitlar, -96 kg:

1. Gervasi Tabagari (Gruziya) – 317 (140+177) kg;
2. Saparli Muhiyev (Turkmaniston) – 300 (133+167) kg;
3. Pablo Medina (Meksika) – 300 (131+169) kg;
4. Abrorbek Maʼrufbekov (Oʻzbekiston) – 299 (133+166) kg.

Text to speech