15 Iyun 2022 2420

Muxlislarsiz oʻynagan yigitlarimiz Yaponiyani magʻlub etib, bosh sovrin sari yana bir qadam tashlashdi

Diyorimiz mezbonlik qilayotgan futbol boʻyicha U23 Osiyo kubogida bosh sovrin uchun kurashadigan jamoalar nomi maʼlum boʻldi. Quvonarlisi, Yaponiyaga qarshi ikkinchi yarim final juftligida bahs olib borgan hamyurtlarimiz final yoʻllanmasiga sazovor boʻldilar.

Taktik kurashlarga boy boʻlgan oʻyinda vakillarimiz ishonchli hisobda gʻalaba qozonishdi. Dastlab, 60-daqiqada jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinovning olis masofadan yoʻllagan ajoyib zarbasi raqib darvozasi toʻridan joy oldi. Oʻyin yakunlanishiga sanoqli daqiqa qolganida Husayn Norchayev birga bir vaziyatdan unumli foydalangan holda amalda bahs taqdirini hal qildi.

Futbol boʻyicha Osiyo kubogi, yarim final
Oʻzbekiston U23 – Yaponiya U23 2:0
Gollar: Jasur Jaloliddinov 60ʻ, Husayn Norchayev 85ʻ

Shu tariqa, 19-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida kechadigan final uchrashuvida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni jamoalari chempionlik masalasini hal qilishadi. Ushbu bahs 18:00 da start oladi.

Text to speech