15 Iyun 2022 1246

Nilufar Zokirovani tabriklaymiz!

Bugun kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nilufar Zokirova tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Nilufar Obidjon qizi Zokirova 1997-yil 15-iyun kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlarida kanoeda eshkak eshish boʻyicha juftlik bahslarida Dilnoza Rahmatova bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2019-yil avgustda Vengriyaning Seged shahrida oʻtgan jahon chempionatida 200 metr masofada kechgan juftlik bahslarida Dilnoza Rahmatova bilan bronza medaliga ega chiqdi. Ushbu dunyo birinchiligidagi yuqori natijasi orqali Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olib, 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qildi. Qayd etgan natijalari evaziga davlatimiz tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Nilufar Zokirovani tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech