15 Iyun 2022 1696

Oʻzbek qilichbozligining dargʻasi Sobirjon Roʻziyev 69 yoshda!

Bugun qilichbozlik boʻyicha oʻzbek sportining afsonaviy vakillaridan biri, ikki karra jahon chempioni va Olimpiya oʻyinlarining kumush medal sohibi Sobirjon Roʻziyev oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Sobirjon Roʻziyev 1953-yil 15-iyun kuni tugʻilgan. Sobirjon Sabitovich qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha Moskva-1980 Olimpiya oʻyinlari finalchisi, ikki karra jahon chempioni hisoblanadi. Sobirjon aka sportchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi (1992-1995), shuningdek, 1995-2003-yillar mobaynida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti lavozimida samarali mehnat qilgan.

Faoliyati davomida qayd etgan natijalari uchun “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” (1992) faxriy unvoni, Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻi (1994) bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Sport faxriylari kengashi Sobirjon Roʻziyevni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech