15 Iyun 2022 2193

Ogʻir atletikachilarimiz Meksikadagi dunyo birinchiligini 3 ta medal bilan boshlashdi

Meksikaning Leon shahrida oʻtkazilayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz dastlabki medallariga sazovor boʻldi.

-73 kg vazn toifasida bahs olib borgan Diyorbek Ermatov 3 bor shohsupaga koʻtarildi. Hamyurtimiz oʻzining sevimli dast koʻtarish mashqida qozogʻistonlik Yedige Yemberdi bilan murosasiz raqobat olib bordi. Afsuski, ushbu kurashda polvonimiz 1 kg tafovut bilan imkoniyatni boy berib qoʻydi. Siltab koʻtarish mashqida jahon rekordini qayd etgan Yemberdi raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirdi. Ushbu mashqda Ermatov bronza, ikki kurashda esa kumush medali bilan taqdirlandi.

Ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida JCh
Yigitlar, -73 kg:

1. Yedige Yemberdi (Qozogʻiston) – 306 (134+172) kg
2. Diyorbek Ermatov (Oʻzbekiston) – 290 (133+157) kg
3. Brayan Ibanes (Kanada) – 288 (132+156) kg

Text to speech