FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
15 Iyun 2022 2212

Tartibsizlik qimmatga tushdi. OFK yarim finalni muxlislarsiz oʻtkazishimiz haqida qaror chiqardi

Osiyo futbol konfederatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasi U-23 Osiyo kubogi chorak finali doirasidagi Oʻzbekiston – Iroq uchrashuvida yuz bergan voqealar yuzasidan qaror chiqardi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston – Iroq U-23 terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda bosh hakam tomonidan darvozabonimiz Abduvohid Neʼmatov maydondan chetlatilganidan soʻng, stadiondagi tomoshabinlar tomonidan maydonga turli xil buyumlar uloqtirilgan, oqibatda oʻyin bir necha daqiqaga toʻxtab qolgan.

OFK Tartib-intizom qoʻmitasi yuzaga kelgan vaziyatlarni oʻrganib chiqib, Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Abduvohid Neʼmatovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasini qoʻllash, Olimpiya terma jamoasining yarim final doirasida Yaponiyaga qarshi uchrashuvini muxlislarsiz oʻtkazish hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga jarima intizom chorasini qoʻllash yuzasidan qaror chiqardi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, yarim final doirasidagi bahsda 500 nafargacha yaponiyalik futbol ishqibozlarining uchrashuvga kirishiga ruxsat berildi, deya maʼlum qilmoqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi.

Text to speech