FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
14 Iyun 2022 2173

Ikki nafar futbol fidoiysi rasman Oʻzbekiston sport faxriylari qatoriga kirdi

Bugun sportimizning taniqli faxriylari bir davrada jam boʻlishdi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida oʻtgan uchrashuvda mamlakat sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov boshchiligidagi sportimiz dargʻalari ishtirok etishdi.

Faxriylarimiz suhbat davomida hukumatimiz tomonidan ushbu sohani yanada rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida suhbatlashishar ekan, atletlarimiz bundan unumli foydalangan holda xalqaro maydonda yurt shaʼnini munosib himoya qilishlari zarurligini taʼkidlashdi.

Ushbu yigʻilish yana ikki nafar sportimiz fidoiysiga “Oʻzbekiston sport faxriysi” koʻkrak nishonini topshirish tadbiriga ulanib ketdi. Unda taniqli futbol mutaxassislari, uzoq yillar oʻzbek futboliga bir qator isteʼdodli oʻyinchilarni yetishtirib bergan Botirxon va Yusupjon Ibragimovlar koʻkrak nishonlarini qabul qilib olishdi.

Uchrashuv yakunida faxriylarimiz mamlakatimiz sporti uchun hamisha qoʻllaridan kelgan yordamni ayamaslikka tayyor ekanini bildirishdi.

Text to speech