FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
14 Iyun 2022 2469

Nigina Oʻktamovani tabriklaymiz!

Bugun boks boʻyicha oʻzbek qizlari ichida birinchi boʻlib jahon chempioni boʻlgan Nigina Oʻktamova oʻz tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Nigina Oʻktamova 2003-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tugʻilgan. 2021-yilning aprelida Polshada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Bu hozircha oʻzbek bokschi qizlari uchun jahon chempionatlaridagi yagona oltin medal hisoblanadi. Bundan tashqari, Nigina bir qator yosh toifalarida qitʼa birinchiligining gʻolib va sovrindorlari qatoridan joy olgan. Ushbu natijalari evaziga davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Nigina Oʻktamovani bugungi tugʻilgan kun bilan muborakbod etib, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech