14 Iyun 2022 1790

Qilichbozlarimiz Osiyo chempionatini kumush medal bilan yakunlashdi

Seul shahrida davom etayotgan qilichbozlik boʼyicha qitʼa birinchiligida hamyurtlarimiz ishtiroklarini yakunlashdi. Quvonarlisi, unda yurtimiz sharafini himoya qilgan shpagachi yigitlarimiz kumush medalni qoʼlga kiritishdi.

Maʼlum qilganimizdek, finalda jamoamiz mezbon Koreya Respublikasi vakillariga qarshi maydonga tushishdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuv 38:35 hisobida koreyalik qilichbozlarning gʼalabasi bilan yakunlandi.

Qayd etish joiz, shu tariqa qilichbozlarimiz ilk bor final bosqichida ishtirok etishdi. Bu esa jamoamiz uchun kelgusida kutib turgan finallar oldidan katta tajriba boʼldi. Oʼz navbatida, hamyurtlarimizdan keyingi musobaqalarda yangi gʼalaba va oltin medallar kutib qolamiz.

Oʼzbekiston Milliy Olimpiya qoʼmitasi shpagachilarimizning qoʼlga kiritgan ushbu muvaffaqiyati bilan Oʼzbekiston qilichbozlik federatsiyasi, sportchilarimiz va murabbiylar shtabini, muxlislarimizni samimiy tabriklab qoladi.

Text to speech